Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquq va erkinliklarini taminlashning yangi boskichi
2 mart – O‘zbekiston BMTga teng huquqli aʼzo sifatida qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan joriy yilning 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi hamda Jahon iqtisodyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Inson huquq va erkinliklarini taminlashning yangi boskichi” mavzusida talabalar uchun davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi yagona, tom maʼnoda universal xalqaro tashkilot hisoblanib, u davlatlarning o‘z sarhadlaridan tashqariga chiqadigan masalalarni hal etib kelmoqda.

Bundan 28 yil oldin yangi demokratik davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashkilotning teng huquqli aʼzosiga aylanganidan buyon, muhim masalalarni hal etishda BMTning ko‘magiga tayanib kelmoqda.

Davlat rahbari ham joriy yilning 22 fevral kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ”Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 yillik tarixi inson huquqlari universal qadriyat ekaniga eʼtibor qaratib “O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha kengash aʼzosi sifatida xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum eʼtirof etilgan prinsip va normalarini qatʼiy himoya qiladi va faol ilgari suradi” deya taʼkidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova so‘nggi yillarda insonning huquq va erkinliklarini har tamonlama taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan yili qabul qilingan 70 dan ortiq qonunlarda ham inson huquqlari ustuvorlik qilishi qayd etildi.

Shuningdek, Ombudsman o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizm doirasida odamning qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo‘lgan qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga bundan buyon ham mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligini taʼkidlaganliklari, mazkur vazifa Davlat rahbarining Parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida hamda 2021 yilgi “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida ham aks etganiga eʼtibor qaratdi va bu borada oldida turgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Ombudsman huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizm doirasida Vakil jamoatchilik vakillari va OAV bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflarini amalga oshirib, ularning yakunlari yuzasidan parlamentga hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga tahliliy maʼlumotlar taqdim etib boradi. Shuningdek, vakil nomiga kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimidagi tahlili asosida deputat va senatorlar, qolaversa, ijro organlari vakillari bilan birgalikda sayyor qabullar tashkil etib, muammolarni joyida hal etish amaliyoti kuchaytiriladi. Eng muhimi, aholining murojaatlari bilan ishlashda natijadorlikka, har bir murojaat yechimi topilishiga asosiy eʼtibor qaratiladi. – dedi F.Eshmatova

Shuningdek, davra suhbatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori hamda professor-o‘qituvchilari ham o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, talabalar O‘zbekistonning  BMT bilan tinchlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash yo‘lidagi 29 yillik hamkorligi natijasida qo‘lga kiritlgan yutuqlar, qolaversa, Davlat rahbarining joriy yilning 22 fevral kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ilgari surgan tashabbuslarining ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati