Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
lead
XORAZM VILOYATI
Ollayorov Odilbek Davlatovich
Telefon :
62 223-01-12, 98 577-18-68
Qabul:
Seshanba va Payshanba kunlari soat 10:00 dan 13:00ga qadar
E-mail:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Xorazm viloyati Urganch shaxar Yogdu ko‘chasi 1/2-uy

O.Ollayorov 1968 yil Xorazm viloyati Xazorasp tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi avtomobil transportidan foydalanish muhandisi, huquqshunos.

1995–1996 yillarda Toshkent viloyati IIB o‘quv markazi tinglovchisi, 1996–2001 yillarda Xorazm viloyati Davlat avtomobil nazorati bo‘limi katta inspektori, 2001–2009 yillarda Xorazm viloyati IIB Yul harakati xavfsizligi boshqarmasi Ruyxatga olish imtixon bulimi inspektori, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2009–2014 yillarda Xorazm viloyati IIB YHXB boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2014–2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV vazirining o‘rinbosari IIV YXXB boshqarmasi boshlig‘i, 2017–2022 yillarda “Oydin yo‘l avtomaqtabiMCHJ direktori sifatida faoliyat yuritgan.

2022 yil 15 fevraldan hozirga qadar Oliy majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili sifatida ishlamoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili
Masharipov Baxtiyar Reimbergenovich
Telefon :
77 305 08 05
Qabul:
Payshanba kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar
E-mail:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Toshkent shahar,

B.Masharipov 1970-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi iqtisodchi, sotsiolog, pedagog. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Sotsiologiya kafedrasi tadqiqotchisi.

1995-2005 yillarda Beruniy shahridagi, 2-o‘rta maktab direktori o‘rinbosari, 2005-2011 yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti bo‘lim boshlig‘i, 2011-2021 yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti maxsus sektori boshlig‘i, 2021- 2022 yillarda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari, 2023-2024 yillarda “Dialog” nodavlat notijorat tashkiloti raisi lavozimlarida ishlagan.

2024-yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Toshkent shahri mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.