Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlarini ta’minlash – davlatlar barqaror rivojlanishining muhim omili
23 Fev
2024-yilning 23-fevral kuni Toshkent shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) institutining 29 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari–davlatlar barqaror rivojlanishining muhim omili” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Ombudsman ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Turmada qiynoqlar” nomli video murojaatga munosabat bildirdi
22 Fev
2024 yil 21 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro viloyati Otbozor turmasida mahbuslarga nisbatan qiynoqlar amal qiladi” mazmunida videomurojaat eʼlon qilindi. Unda turmada mahkumlarning sochlari taqir kalga olinishi, ularga tefal va nos kiritilmasligi, ko‘nikma markazlari va tintuvga oid noroziliklar bildirilgan.
Qoraqalpog‘istondagi 27-son manzil koloniyasida saqlanayotgan mahkumlar sharoitlari yaxshilanmoqda
20 Fev
2024 yilning 14 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili J.Shlimbetov Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son Manzil koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura tinglovchilari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishdi
19 Fev
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura tinglovchilari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. “Inson huquqlari milliy tizimi” moduli doirasida o‘tkazilgan sayyor o‘quv mashg‘ulotida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova tinglovchilarni Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.
Asossiz qarzdorlik bo‘yicha murojaatlar hal etildi – Ombudsman
16 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyatidan fuqaro M.N. elektr taʼminotidan noreal qarzdorlik hisoblangani bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani elektr taʼminoti ustidan shikoyat qildi.
Andijon, Sirdaryo, Navoiy viloyatlaridagi umumtaʼlim maktablarida “Ombudsman soati” darslari o‘tkazildi
16 Fev
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Ombudsman soati” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Janjal natijasida vafot etgan ayol holati Ombudsman tomonidan nazoratga olindi
15 Fev
Joriy yilning 15 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Uzbekistan: SOS!!! V Fergane jestko ubita pravozaщitnitsa Shoira Oxunjanova – yeyo zabili kamnyami i ketmenyami” deb nomlangan xabar va unda keltirilgan holatlar Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, uning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganildi.
Samarqandning chegara hududlarida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi  hamda ularga huquqiy xizmat va ijtimoiy-tibbiy yordam ko‘rsatildi
15 Fev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Ombudsman institutiga “A” maqomini berish masalasi muhokama qilindi
15 Fev
2024 yilning 15 fevral kuni Milliy inson huquqlari institutlari Global alyansi (GANHRI) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ni Parij prinsiplariga muvofiqligi bo‘yicha qayta akkreditatsiyadan o‘tkazish va “A” maqomini berish bilan bog‘lik masalalar onlayn shaklda muhokama etildi.