Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qisqartirishga tushgan boquvchisi yo‘q yolg‘iz ona Ombudsmanga murojaat qildi
04 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent shahridan fuqaro I.G. ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilganligi bo‘yicha murojaat qilib, uning mehnat huquqlarini tiklashda yordam so‘radi.
Samarqanddagi tibbiyot punktida muddati o‘tgan dori vositalarining mavjudligi aniqlandi
03 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov Qo‘shrabot tumanida joylashgan Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tumanlararo punktiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsmanning fuqarolar qabulida qanday masalalar ko‘tarildi?
01 Apr
2024-yilning 1-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ish haqini undirish bo‘yicha yana bir murojaat ijobiy hal qilindi
01 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent viloyatidan fuqaro U.N. ish beruvchi tomonidan oylik maoshlarining to‘lanmagani bo‘yicha shikoyat qildi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsman) 2023 yildagi faoliyati muhokama qilindi
30 Mar
Senatning ellik birinchi yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2023 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.
Sirdaryodagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar uchun internat uyida yashovchilar xolidan xabar olindi
28 Mar
2024-yilning 27-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Guliston davlat universiteti bilan birgalikda Sirdaryo tumanida joylashgan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar uchun internat uyiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yaqinlarining shirin diydoriga muhtoj yurtdoshlarimiz yuziga ozgina bo‘lsada tabassum ulashish, ularning doim davlat himoyasi va eʼtiborida ekanliklarini his qilishiga hissa qo‘shish va albatta ularga yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdan iborat.
Namangan koloniyasida yana 60 nafarga yaqin mahkumlarga sertifikatlar topshirildi
28 Mar
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi bilan birgalikda viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda.
Sirdaryoda “Ombudsman maktabi” doirasida 200 nafarga yaqin fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
28 Mar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati hamda berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar bilan aholini tanishtirish, shu orqali ularning huquqiy xabardorligini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Ombudsmanning Surxondaryodagi mintaqaviy vakili Uzun tumani aholisi bilan ochiq muloqot qildi
26 Mar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.